19 Aprel 2023 1189

Eldorbek Usmonovdan yangi rekord

Ayni kunlarda poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida suzish boʻyicha Oʻzbekiston ochiq chempionati boʻlib oʻtmoqda. Musobaqaning bugungi dasturida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Eldorbek Usmonov 50 metrga batterflyay usulida suzish yoʻnalishida 23.47 soniya qayd etib, Oʻzbekiston rekordini yangiladi.

Bundan avvalgi rekord ham unga tegishli boʻlib, 23.86 soniyani tashkil etgan. Yana bir ahamiyatli tomoni, bu natija joriy yil Yaponiyaning Fukuoka shahrida oʻtadigan jahon chempionatining “A” normativiga mos kelib, hamyurtimizga dunyo birinchiligi yoʻllanmasini ham taqdim qildi.

Text to speech