19 Aprel 2023 1803

Dzyudochilarimizning jahon chempionatida qatnashadigan tarkibini aniq

7-14-may kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida dzyudo boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada butun dunyodan tashrif buyuradigan sportchilar jahon chempionligi qatori Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻlida eng yirik reyting ochkolari uchun ham kurash olib borishadi. Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi unda yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilar nomini maʼlum qildi. Unga koʻra, terma jamoamiz quyidagi tarkibda jahon chempionatiga yoʻl oladi:

Erkaklar:
-60 kg: Dilshod Baratov
-66 kg: Sardor Nurillayev va Muhriddin Tilovov
-73 kg: Obidxon Noʻmonov va Murodjon Yoʻldoshev
-90 kg: Davlat Bobonov
-100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev
+100 kg: Alisher Yusupov va Shohruh Baxtiyorov

Ayollar:
-48 kg: Halimajon Qurbonova
-52 kg: Diyora Keldiyorova va Sita Qadamboyeva
-57 kg: Nilufar Ermagambetova va Shukurjon Aminova
-70 kg: Gulnoza Matniyazova va Shohista Nazarova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Text to speech