4 May 2021 2614

Dilnoza Bakirova hamda Shohsanam Toshpo‘latovani tabriklaymiz!

Bugun karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Dilnoza Bakirova hamda para-suzish bo‘yicha Rio-2016 Paralimpiadasi sovrindori Shohsanam Toshpo‘latova o‘z tavallud ayyomlarini nishonlashmoqda.

Dilnoza Bakirova 1986 yil 4 may kuni tavallud topgan. Sportchilik faoliyati davomida bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan kun qahramoni endilikda terma jamoa murabbiylar shtabida faoliyat olib bormoqda. Hozirda terma jamoamizni Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqaga tayyorlamoqda.

Shohsanam Toshpo‘latova 1997 yil 4 may kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. Para-suzish bo‘yicha jahon chempionati va jahon kuboklarida bir necha bor shohsupaga ko‘tarilgan. 2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, delegatsiyamizning olamshumul g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shgan. Toshpo‘latova, shuningdek, Indoneziyada o‘tgan Para-Osiyo o‘yinlarida ham bir necha bor chempionlik unvoniga ega bo‘ldi. Shohsanam o‘tgan yili para-suzish bo‘yicha jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, Tokio Paralimpiadasiga yo‘llanma olgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi har ikki vakilimizni bugungi tavallud ayyomi bilan muborakbod etib, ularga uzoq umr va sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech