Osiyo chempionatida qatnashadigan ogʻir atletikachilarimiz tarkibi maʼlum
3-13-may kunlari Janubiy Koreyaning Jinju shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mazkur musobaqada ishtirok etadigan terma jamoa tarkibini eʼlon qildi.
Qayd etish joiz, ushbu chempionat Parij-2024 Olimpiadasi uchun saralash musobaqalaridan biri hisoblanadi. Jamoamiz mazkur qitʼa birinchiligida Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova kabi yetakchilar bilan ishtirok etadi. Toʻliq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-55 kg: Ogʻabek Nafasov
-67 kg: Diyor Roʻzmetov
-73 kg: Adhamjon Ergashev
-73 kg: Doston Yoqubov
-89 kg: Hojiakbar Olimov
-96 kg: Sunnatilla Oʻsarov
-102 kg: Ruslan Nurudinov
-109 kg: Qurbonmurod Namozov
+109 kg: Akbar Joʻrayev
+109 kg: Rustam Jangabayev
Ayollar:
-55 kg: Nigora Abdullayeva
-55 kg: Jamila Panfilova
-81 kg: Rigina Adashboyeva
+87 kg: Tursunoy Jabborova