17 Aprel 2023 1289

Toshkentdagi jahon chempionatida titulini himoya qiladigan yulduzlar

Xalqaro boks assotsiatsiyasi yana bir necha kundan soʻng Toshkentda start oladigan erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etuvchi bir qator yulduz sportchilar nomini eʼlon qildi. Unga koʻra, boʻlajak musobaqada 2021-yil Serbiyada oʻtgan dunyo birinchiligida gʻalaba qozongan quyidagi 7 bokschi chempionlik titulini himoya qiladi:

-51 kg: Saken Bibossinov (Qozogʻiston) 
-54 kg: Tomoya Suboi (Yaponiya) 
-60 kg: Sofyan Omixa (Fransiya) 
-67 kg: Sevon Okazava (Yaponiya) 
-75 kg: Yeonlis Ernandes (Kuba) 
-86 kg: Loren Alfonso (Ozarbayjon) 
-92 kg: Xulio La Kruz (Kuba) 

 Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati 30-aprel - 14-may kunlari poytaxtimizdagi “Humo arena” majmuasida boʻlib oʻtadi.

Text to speech