17 Aprel 2023 1067

Abdullayev Italiyadagi musobaqada o‘z imkoniyatini sinab ko‘rdi

Italiyaning Toskana shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha “AREZZO ITALY Toscana Tour 2023” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Abdurahmon Abdullayev yurtimiz sharafini himoya qildi.

Bahslar 140 sm balandlikdan sakrash yoʻnalishi boʻyicha oʻtkazildi. “Quintair” laqabli tulpor bilan oʻz omadini sinab koʻrgan Abdullayev 41 chavandoz orasida 18-natijani qayd etdi. Hamyurtimizga kelgusi musobaqalarda omad tilab qolamiz.

Text to speech