16 Aprel 2023 1299

Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo’yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichi yakuniga yetdi

Musobaqaning oxirgi kunida O’zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo’ldi. Taxmina Ikromova halqadagi mashqda, shuningdek, guruh mashqida 5 halqa bilan chiqish qilgan qizlarimiz shohsupaning uchinchi pog’onasiga ko’tarilishdi.

Halqa:
1. Sofiya Rafaeli (Italiya)
2. Margarita Kolosov (Germaniya) 
3. Taxmina Ikromova (O’zbekiston)

5 halqada guruh mashqi:
1. Xitoy 
2. Qozog’iston 
3. O’zbekiston (Yekaterina Fetisova, Mumtozabonu Isxokzoda, Nargiza
Jumaniyazova, Ruxshona Dehkonova, Irodaxon Sadikova)

Shu tariqa, terma jamoamiz ushbu musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medallari bilan yakunladi.

Text to speech