Poytaxtimizda davom etayotgan qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionatida navbatdagi kun ortda qoldi. Unda rapira bo‘yicha jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Kutilganidek, ushbu dasturda toshkentlik rapira ustalari bosh sovrinni o‘zlarida olib qolishdi. Ayollar bahsida farg‘onalik qilichbozlar, erkaklar o‘rtasida esa aralash jamoa vakillari g‘oliblarga qarshilik ko‘rsatishga harakat qilishdi.

Qilichbozlik. O‘zbekiston chempionati.
Rapira, ayollar (jamoaviy):
1. Toshkent-1
2. Farg‘ona
3. Toshkent-5

Erkaklar:
1. Toshkent-1
2. Aralash jamoa
3. Andijon-1