16 Aprel 2023 1011

Dzyudochilarimiz Yaponiya yig’inida

Dzyudo bo’yicha O’zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining Yaponiyadagi o’quv-mashg’ulot yig’ini qizg’in davom etmoqda. Kelasi oy Qatarda o’tadigan jahon chempionatiga asosiy tayyorgarlik vazifasini o’tab berayotgan ushbu yig’inda hamyurtlarimiz Yaponiya termasining asosiy va zaxira tarkib a’zolari, shuningdek, yana bir qator davlat vakillari bilan tajriba almashishmoqda. Mashg’ulotlar 19-aprelga qadar o’tkaziladi.

Text to speech