15 Aprel 2023
1382
Jahon kubogi bosqichini kumush va bronza medallari bilan boshladik
Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda o‘tayotgan Jahon kubogining uchinchi bosqichida ilk medallariga sazovor bo‘ldi. Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo’nalishining ko’pkurash dasturida o’ynalib, unda hamyurtimiz Taxmina Ikromova kumush medalni qo’lga kiritdi. Shuningdek, guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p dasturida qizlarimiz bronza medallari bilan taqdirlanishdi.
Yakkalik, ko’pkurash
1. Sofiya Rafaeli (Italiya) - 131.85 ball
2. Taxmina Ikromova (O’zbekiston) - 126.25
3. Margarita Kolosov (Germaniya) - 125.20
Jamoaviy (3 tasmva va 2 to’p)
1. Xitoy – 63.50
2. Germaniya - 57.70
3. O’zbekiston - 57.30