14 Aprel 2023 1648

Sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladik

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha qitʼa birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning yakuniy kunida Bobur Islomov (-86 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur qitʼa birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizni eslab o‘tamiz:

Oltin medal:

-67 kg: Abror Ataboyev (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:

-63 kg: Shermuhammad Sharibjonov (yunon-rum kurashi)

-50 kg: Jasmina Immayeva (ayollar kurashi)

-57 kg: Laylo Sobirova (ayollar kurashi)

-70 kg: Zafarbek Otaxonov (erkin kurash)

-79 kg: Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)

Bronza medal:

-55 kg: Ixtiyor Botirov (yunon-rum kurashi)

-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi)

-53 kg: Aktenge Keunimjayeva (ayollar kurashi)

-86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash)

-97 kg: Maxsud Veysalov (erkin kurash)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu natija bilan O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni qutlaydi.

Text to speech