14 Aprel 2023
1158
Toʻrt nafar polvonimiz bronza medali uchun kurashadi
Ostona shahrida nihoyasiga yetayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining oxirgi kunida medallar uchun kurashadigan atletlar nomi aniq boʻldi. Unga koʻra, soʻnggi kun dasturida Oʻzbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili uchinchi oʻrin uchun bahs olib boradigan boʻldi. Kechki dasturda shohsupaga koʻtarilish uchun gilamga chiqadigan hamyurtlarimiz va ularning raqiblari bilan tanishing:
-61 kg: Sardor Roʻzimov – Tuvshintulga Tumenbileg (Moʻgʻuliston)
-86 kg: Bobur Islomov – Veng Chou (Singapur)
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov – Ganxuyag Ganbatar (Moʻgʻuliston)
-125 kg: Sardorbek Xolmatov – Kumar Anirud (Hindiston)