14 Aprel 2023 1165

Toshkentda badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi

16-aprelga qadar davom etadigan musobaqada 31 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.

Reglamentga koʻra, bugun halqa va toʻpdagi saralash bahslari boʻlib oʻtadi. Shuningdek, ushbu kun dasturidan tantanali ochilish marosimi ham oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, bellashuvlarda Taxmina Ikromova hamda Yosmina Rahimova yakkalik, Yekaterina Fetisova, Ruxshona Dehqonova, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Isʼhoqzoda, Irodaxon Sodiqova guruh mashqida yurtimiz sharafini himoya qilishmoqda.

Text to speech