13 Aprel 2023 1107

Kunni uchta medal bilan yakunladik

Sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida navbatdagi kun bellashuvlari oʻz nihoyasiga yetdi. Kechki dasturdan oʻrin olgan bahslarda Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush va 1ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

-70 kg vazn toifasining finalida gilamga chiqqan Zafarbek Otaxonov qozogʻistonlik Sanjar Dosanovga 0:2, -79 kg toifasining hal qiluvchi bahsida esa Bekzod Abdurahmonov boshqa bir qozogʻistonlik atlet Bolat Sakayevga 4:7 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa, har ikki polvonimiz mazkur qitʼa birinchiligini kumush medal bilan yakunlashdi.

Chempionatda terma jamoamiz hisobiga yozilgan yana bir bronza medaliga Maxsud Veysalov mualliflik qildi. -97 kg vaznda uchinchi oʻrin uchun bahs olib borgan hamyurtimiz hindistonlik Dipak Dipakdan 12:9 hisobida ustidan keldi.

Text to speech