13 Aprel 2023 1237

Futbolchi qizlarimiz Parij-2024 yo‘llanmalari uchun kurashni kuzda davom ettirishadi

Osiyo futbol konfederatsiyasi ayollar futboli boʻyicha Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga Osiyo mintaqasining 2-bosqich saralash bahslari qaysi sanalarda boʻlib oʻtishini tasdiqladi. Unga koʻra, ushbu bosqich 2023-yilning 23-oktabridan 1-noyabriga qadar oʻtkaziladi.

Unda KXDR, Yaponiya, Avstraliya, Xitoy, Janubiy Koreya, Oʻzbekiston, Vyetnam, Xitoy Taipeyi, Tailand, Filippin, Hindiston, Eron termalari bahs olib borishadi. Ikkinchi davraga qurʼa tashlash marosimi 2023-yil 18-may kuni Kuala-Lumpurdagi OFK qarorgohida boʻlib oʻtadi.

Text to speech