13 Aprel 2023 1137

Otaxonov va Abdurahmonov finalda, yana 2 polvonimiz bronza medali uchun kurashadi

Ostona shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida beshinchi kun doirasidan oʻrin olgan saralash bahslari yakunlandi. Erkin kurash boʻyicha oʻtayotgan ushbu kun dasturida 4 nafar polvonimiz kechki dasturda gilamga chiqadigan boʻldi.

Musobaqada magʻlubiyatsiz odimlayotgan Zafarbek Otaxonov (-70 kg) hamda Bekzod Abdurahmonov (-79 kg) final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Ahamiyatisi, har ikki atletimiz ham chempionlik uchun mezbon kurashchilarni magʻlub etishlari kerak. Shuningdek, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Umidjon Jalolov (-65 kg) va Maxsud Veysalov (-97 kg) bronza medali uchun gilamga chiqishadi. Juftliklar:

Final:
-70 kg: Zafarbek Otaxonov – Sanjar Dosjanov (Qozogʻiston) 
-79 kg: Bekzod Abdurahmonov – Bolat Sakayev (Qozogʻiston) 

Bronza medali uchun:
-65 kg: Umidjon Jalolov – Ulukbek Joldoshbekov (Qirgʻiziston) 
-97 kg: Maxsud Veysalov – Dipak Dipak (Hindiston)

Text to speech