13 Aprel 2023 1099

Misrlik taekvondochilar jahon chempionatiga poytaxtimizda tayyorlanishmoqda

Shu kunlarda taekvondo WT boʻyicha Misr terma jamoasi Toshkentda oʻquv-mashgʻulot yigʻinini oʻtkazmoqda. 19-aprelga qadar davom etadigan mashgʻulotlarda Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti.

Poytaxtimizga mehmon jamoaning 3 nafar murabbiyi, shuningdek, erkaklar va ayollar terma jamoasidan jami 9 nafar sportchi tashrif buyurgan. Ular orasida Tokio-2020 Olimpiadasi sovrindori Seyf Eyssa kabi nomdor sportchilar bor. Qayd etish joiz, mazkur yigʻin joriy yilning 29-may – 6-iyun kunlari Ozarbayjonda boʻladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.

Text to speech