12 Aprel 2023 1167

Toshkent eng mohir badiiy gimnastikachilarni chorlaydi

14-16-aprel kunlari Toshkent badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichiga mezbonlik qiladi. Unda dunyoning 31 mamlakatidan tashrif buyuradigan eng mohir gimnastika ustalari gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.

Musobaqada Osiyo chempioni, Jahon kubogi bosqichi gʻolibi Taxmina Ikromova hamda Osiyo chempioni Yosmina Rahimova yakkalik bahslarida, shuningdek, Yekaterina Fetisova, Ruxshona Dehqonova, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Isʼhoqzoda, Irodaxon Sodiqova guruh mashqida yurtimiz sharafini himoya qilishadi.

Reglamentga koʻra, 14-aprel kuni saralash bahslari va tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. 15-aprel sanasida baʼzi dasturlarda saralash bahslari davom etib, koʻpkurash yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. 16-aprel kuni esa yakkalik dasturlarda shohsupa egalari aniqlanadi.

Text to speech