Toʻrtinchi kun, toʻrtinchi final!
Qozogʻistonda oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrtinchi kunida medallar uchun gilamga chiqadigan sportchilar nomi maʼlum boʻlmoqda. Quvonarlisi, bugun ham Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi kechki dasturda chempionlik uchun bellashadi.
-57 kg vazn toifasida kurashayotgan Laylo Sobirova chorak finalda qozogʻistonlik Nilufar Raimovani, yarim finalda qirgʻizistonlik Bermet Nuridin kizini katta qiyinchiliksiz magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Endi u oltin medal uchun 2021-yilgi jahon chempionati sovrindori yaponiyalik Nanjo Sayega qarshi bahs olib boradi. Shuningdek, Aktenge Keunimjayeva (-53 kg), Dilfuza Aimbetova (-62 kg) hamda Svetlana Oqnazarova (-72 kg) bronza medali uchun kurashishadi.
Final:
-57 kg: Laylo Sobirova – Nanjo Saye (Yaponiya)
Bronza medali uchun:
-53 kg: Aktenge Keunimjayeva – Li Den (Xitoy)
-62 kg: Dilfuza Aimbetova – Nonoka Ozaki (Yaponiya)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Ritika Ritika (Hindiston)