Jahon kubogiga tayyorgarlik yuqori darajada boʻldi
Bugun Peru poytaxti Lima shahrida oʻq otish sporti boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oladi. Unda ishtirok etadigan Oʻzbekiston terma jamoasi masʼuliyatli musobaqadan avval Janubiy Amerika ochiq kubogida qatnashdi.
Mazkur turnirning birinchi kunida pnevmatik miltiqdan otish dasturida hamyurtlarimiz ikkita oltin medalga sazovor boʻlgani haqida maʼlum qilgan edik. Shundan soʻng sportchilarimiz yana 2 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi. Shu tariqa merganlarimiz ushbu musobaqada jami 7 ta medal jamgʻarishdi. Turnir davomida shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimiz:
Oltin medal:
Pnevmatik toʻpponcha, mikst: Muhammad Kamalov, Sitora Ergashboyeva
Pnevmatik toʻpponcha, erkaklar oʻrtasida jamoaviy dastur
Pnevmatik miltiq, erkaklar: Javohir Sohibov
Pnevmatik miltiq, ayollar: Gulbonu Qambarbekova
Kumush medal:
Pnevmatik toʻpponcha, erkaklar: Muhammad Kamalov
Bronza medal:
Pnevmatik miltiq, mikst: Javohir Sohibov, Gulbonu Qambarbekova
Pnevmatik toʻpponcha, erkaklar: Vladimir Svechnikov