12 Aprel 2023 1264

Bugun kurashchi qizlar o‘rtasidagi bahslar yakunlanadi

Bugun Astana shahrida sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining toʻrtinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi. Ushbu kun dasturida ayollar kurashi boʻyicha barcha gʻolib va sovrindorlar bilan tanishamiz. Unda Oʻzbekiston terma jamoasining 5 nafar aʼzosi medallar uchun gilamga chiqadi. Yurtdoshlarimizning chempionatdagi ilk raqiblari quyidagilar:

-53 kg: Aktenge Keunimjayeva – Netmi Porutoteg (Shri-Lanka)
-57 kg: Layloxon Sobirova – Yu Chen (Xitoy Taipeyi) / Nilufar Raimova (Qozogʻiston) 
-62 kg: Dilfuza Aimbetova – Aysulu Tinibekova (Qirgʻiziston) 
-65 kg: Ariuxan Jumabayeva (Oʻzbekiston), Jia Long (Xitoy), Shovdor Batarjav (Moʻgʻuliston), Manisha Manisha (Hindiston) – “A” guruhi
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Sumire Nikura (Yaponiya)

Text to speech