3 May 2021 2492

Boks, yengil atletika va velosport bo‘yicha terma jamoalarimiz mobil tekshiruvdan o‘tkazildi

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tomonidan terma jamoa vakillarini koronavirusga qarshi emlash oldidan dispanserizatsiyadan o‘tkazish tekshiruvlari davom etadi. Markaz ishchi guruhi bugun boks, yengil atletika va velosport bo‘yicha terma jamoalarimizning bazalariga tashrif buyurdi.

Ayni paytda mazkur terma jamoalarimiz Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini olib borishmoqda. Tibbiyot xodimlari tashrif davomida ulardan PZR uchun surtma, chuqurlashtirilgan tekshiruvlar uchun qon tahlillarini olish bilan birga, umumiy holatini ham ko‘zdan kechirib qaytishdi.

Mazkur jarayon RSTIAM bo‘lim boshlig‘i S.Yulchiyev, kardiologlar S.T.Parpiyev, T.Taralyova, oftalmolog N.Rasulova travmatolog M.Buriyev va sport shifokori A.N Ruzikulova tomonidan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarni barchasiga COVID-19 virusiga qarshi profilaktik tadbirlar yuzasidan navbatdagi qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Text to speech