11 Aprel 2023
1169
Toshkentga tennis havosi qaytdi
Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya zaxiralari tennis maktabida ayollar oʻrtasida norasmiy jahon chempionati “Billi Jin King kubogi” (sobiq Federatsiyalar kubogi)ning Osiyo-Okeaniya mintaqasi saralash bosqichi start oladi. Unda 1-guruhdan oʻrin olgan Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun bahs olib boradi.
Ushbu guruhdan hamyurtlarimizdan tashqari Xitoy, Janubiy Koreya, Hindiston, Yaponiya va Tailand jamoalari ham oʻrin olgan. Mazkur musobaqa uchun Akgul Omonmurodova, Sevil Yuldasheva, Sabrina Olimjonova, Maftuna Qahramonova, Gulsina Xalimullina terma jamoamiz tarkibidan joy olgan. Reglamentga koʻra, jamoalar har kuni aylana tizimida oʻzaro bahs olib borishadi. Oʻyinlar 15-aprelga qadar davom etadi.