10 Aprel 2023 1081

Ataboyev finalda, Rasulov bronza medali uchun kurashadi

Astana shahri mezbonlik qilayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida medallar uchun kurashni davom ettiradigan atletlar nomi maʼlum boʻldi. Quvonarlisi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ketma-ket ikkinchi kuni final yoʻllanmasiga sazovor boʻlmoqda.

-67 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Abror Ataboyev musobaqaga ajoyib sport formasida yetib kelganini koʻrsatib, magʻlubiyatsiz odimlamoqda. Ataboyev ortda qolgan 3 bellashuvda Firuz Mirzarajabov (Tojikiston), Xansu Ryu (Janubiy Koreya) va Almat Kebispayev (Qozogʻiston)ni dogʻda qoldirdi. Yurtdoshimiz kechki dasturda yaponiyalik Kyotaro Sogabe bilan chempionlik masalasini hal qiladi. Shuningdek, -82 kg vazn toifasida qatnashayotgan Muhammadqodir Rasulov boshqa bir yaponiyalik polvon bilan bronza medali uchun kurashadi.

Final:
-67 kg: Abror Ataboyev – Kyotaro Sogabe (Yaponiya) 

Bronza medali uchun:
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Yuya Mayeta (Yaponiya)

Text to speech