10 Aprel 2023
1190
Merganlarimiz Janubiy Amerika ochiq kubogida ikkita oltin medalga sazovor bo‘lishdi
Oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Jahon kubogida qatnashish uchun Peru poytaxtiga yetib bordi. Hamyurtlarimiz ushbu musobaqadan oldin Lima shahrida Janubiy Amerika ochiq kubogida ishtirok etishlari haqida maʼlum qilgan edik. Musobaqaning ortda qolgan kunida 2 nafar merganimiz oltin medalga sazovor boʻlishdi.
Murosasiz bahslar yakunida 10 metrga pnevmatik miltiqdan otish dasturida Javohir Sohibov va Gulbonu Qambarbekova eng yuqori natija qayd etib, musobaqa gʻolibiga aylandilar. Ahamiyatlisi, har ikki sportchimiz ham oltin medal uchun kechgan finalda argentinalik raqiblaridan ustun kelishdi.