3 May 2021 2450

Kamondan otish bo‘yicha mamlakat chempionati yakunlandi

29 aprel – 2 may kunlari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida kamondan otish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublikamizning Navoiy, Surxondaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan sara merganlar g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.

Reglamentga ko‘ra, musobaqa 60 va 70 metr (Olimpiadaga kirgan masofa) masofalarda o‘tkazildi. Kutilganidek, poytaxtlik kamonchilar yakunda o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ularga Navoiy va farg‘onalik sportchilar asosiy raqobat tug‘dirishdi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati bilan tanishing:

60+60 m.ga:
Yoshlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Chen Yao Yuy (Toshkent)
2-o‘rin – Jamshid Xojayev (Toshkent)
3-o‘rin – G‘anisher Samatov (Navoiy)

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Maftuna Mahmudova (Toshkent)
2-o‘rin – Malika Kamalova (Toshkent)
3-o‘rin – Nilufar Hamroyeva (Toshkent)

Olimpik raundi:
Yoshlar o‘rtasida:
1-o‘rin – G‘anisher Samatov (Navoiy)
2-o‘rin – Chen Yao Yuy (Toshkent)
3-o‘rin – Tigran Esanov (Farg‘ona)

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Maftuna Mahmudova (Toshkent)
2-o‘rin – Nilufar Hamroyeva (Toshkent)
3-o‘rin – Munisa Yo‘ldosheva (Toshkent)

MIX bellashuvi (aralash jamoa):
1-o‘rin – Beknur Nasriddinov, Malika Kamalova (Toshkent)
2-o‘rin – Chen Yao Yuy, Maftuna Mahmudova (Toshkent)
3-o‘rin – Temurbek Amriddinov, Munisaxon Lutfullayeva (Terma jamoa)

Jamoa bellashuvi:
Yoshlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Toshkent-1
2-o‘rin – Terma jamoa-1
3-o‘rin – Navoiy

Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – Toshkent-1
2-o‘rin – Toshkent-2
3-o‘rin – Farg‘ona

Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabi uchun seleksiya vazifasini o‘tab berdi. Unda o‘zini ko‘rsatgan sportchilar terma jamoa tarkibiga jalb qilinadi.

Text to speech