9 Aprel 2023 815

Sharibjonov finalda, yana 3 vakilimiz bronza medali uchun kurashadi

Qozog’istonda boshlangan sport kurashlari bo’yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida medallar uchun gilamga chiqadigan polvonlar nomi ma’lum bo’ldi. Yunon-rum kurashi bo’yicha o’tayotgan bahslarda Shermuhammad Sharibjonov (-63 kg) final yo’llanmasini qo’lga kiritdi. Shuningdek, yana 3 nafar hamyurtimiz bronza medali uchun bahs olib boradi. Juftliklar:

Final
-63 kg:
Shermuhammad Sharibjonov (O‘zbekiston) - Iman Hosseyn Muhammadi (Eron) 

Bronza medali uchun:
-55 kg:
Ixtiyor Botirov (O‘zbekiston) - Tayga Onishi (Yaponiya) 

-87 kg:
Jalgasbay Berdimuratov (O‘zbekiston) - Atabek Azisbekov (Qirg‘iziston) 

-130 kg:
Temurbek Nasimov (O‘zbekiston) - Roman Kim (Qirg‘iziston)

Text to speech