10 Aprel 2023 1802

Nurjan Tuyakbayev jahonning eng kuchli yigirma nafar chavandozi orasidan joy oldi

AQShning Omaxa shahrida ot sporti turlari bo‘yicha Jahon kubogining final bosqichi nihoyasiga yetdi. Konkur dasturida “Lanselotta” laqabli tulporda ilk bor ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbayev musobaqani kuchli yigirmatalikda yakunladi. Gʻolib va sovrindorlar ro‘yxati:

 1. Xenrik Von Ekerman (Shvesiya)

 2. Garri Smolders (Niderlandiya)

 3. Xanter Xollouvey (AQSh)

Bahslarda sportchilar 160 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrashdi. Chavandozimiz garchi sovrindorlar qatoridan joy ololmagan bo‘lsa ham ot sporti tarixida yangi sahifa ochdi. O‘zbekiston yilkichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Baxromjon Gaziyev, bosh kotib Nodirbek Ibragimov, bosh murabbiy Bekzod Kurbanov, otni yo‘lda va musobaka paytida parvarishlash bo‘yicha mas’ullar Olimjon Gaziyev va Mirjalol Burliyev sportchimiz Nurjon Tuyakbayevning ushbu musobakaga muvaffaqiyatli tayyorgalik ko‘rishiga katta hissa qo‘shishdi.

Eslatib oʻtamiz, Nurjan Tuyakbayev Jahon kubogiga 2022-yil oʻtgan Yevrosiyo ligasining gʻolibi sifatida yoʻl olgan edi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu ajoyib natija bilan mamlakat yilqichilik va ot sporti federatsiyasini, sportchimiz va uni musobaqaga tayyorlagan mutasaddilarni samimiy qutlab, Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya oʻyinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik bosqichida omad tilaydi.


Text to speech