9 Aprel 2023 1126

Dzyudochi qizlarimiz ham Yaponiyaga yetib borishdi

Marko Spittka va Jamshid Xudoyberganov boshchiligidagi dzyudo bo’yicha O`zbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiyaning Tokio shahrida o’tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun kunchiqar yurtga yetib bordi. Ushbu yig‘in 7-14-may kunlari Qatar davlati mezbonlik qiladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o’tab beradi. Dzyudo vatanidagi mashg`ulotlar 21-aprelga qadar davom etadi. Eslatib o’tamiz, ayni paytda erkaklar terma jamoamiz ham ushbu shaharda yig’in o’tkazmoqda.

Yig’inda qatnashadigan ayollar terma jamoasi tarkibi:

Halimajon Qurbonova
Sita Kadambayeva
Diyora Keldiyorova
Shukurjon Aminova
Nilufar Ermaganbetova
Shohista Nazarova
Gulnoza Matniyazova
Irisxon Qurbonboyeva

Text to speech