8 Aprel 2023 829

AQSh va Italiya klublari bilan hamkorlik

Respublika Olimpiya va Paralimpiya o’yinlariga tayyorlash markazi AQSh va Italiyaning yetakchi erkin kurash klublari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Qayd etish lozimki, ushbu muassasa tarbiyalanuvchilari yoshlar va kattalar terma jamoalarimizning asosini tashkil etishadi.

Rejaga ko’ra, har ikki mamlakatdagi klublar o’quv-mashg’ulot yig’inlarini o’tkazish uchun poytaxtimizga tashrif buyuradi. O’z o’rnida, yosh polvonlarimiz ham ushbu davlatlarda tajriba oshirib kelishi ko’zda tutilgan.

Text to speech