8 Aprel 2023 868

Toshkentga keladigan bokschilar soni 640 nafarga yetdi

Kelasi oy Toshkentda o‘tadigan boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashish uchun ariza topshirish muddati yakuniga yetib bormoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasining ma’lum qilishicha, ayni paytgacha musobaqada ishtirok etish uchun 104 mamlakatdan ariza kelib tushgan. Ro‘yxatdan o‘tkazilgan bokschilar esa 640 nafarni tashkil qiladi. Arizalarni qabul qilish 14 aprelga qadar davom etadi.

Text to speech