8 Aprel 2023 868

Bektemir Meliqoʻziyevni tabriklaymiz!

Bugun boks boʻyicha XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori Bektemir Meliqoʻziyev oʻz tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Bektemir Meliqoʻziyev 1996-yil 8-aprel kuni Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Boks boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni, Nankin-2014 oʻsmirlar Olimpiadasi gʻolibligini qoʻlga kiritgan Bektemir kattalar toifasida ham oʻzining muvaffaqiyatli yurishini davom ettirdi.

Rio-2016 Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori, ikki karra jahon chempionati sovrindori (2015, 2017) va ikki karra Osiyo chempioni (2015, 2017). Sport sohasidagi yuksak yutuqlari uchun «Oʻzbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Bektemir Meliqoʻziyevni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, bokschimizga uzoq umr va mustahkam sogʻliq tilab qoladi.

Text to speech