7 Aprel 2023 884

Nurjan Tuyakbayev Jahon kubogi finalida muvaffaqiyatli qatnashmoqda

Ma’lum qilganimizdek, ayni kunlarda AQShning Omaha shahrida ot sportining konkur yo’nalishi bo’yicha Jahon kubogining final bosqichi davom etmoqda. Unda ishtirok etayotgan O’zbekiston terma jamoasi a’zosi Nurjan Tuyakbayev navbatdagi dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib, hal qiluvchi bosqichiga yo’l oldi. Hamyurtimiz hozirda bo’lajak bahslarga qizg’in hozirlik ko’rmoqda.

Ikki kunlik bahslar yakuniga ko’ra, 41 nafar sportchi orasidan eng yaxshi natija qayd etgan 30 chavandoz saralab olindi. Qayd etish joiz, finalning o’zi ham ikki bosqichda o’tib, birinchi sakrashdan so’ng eng sara 20 sportchi medallar uchun kurashni davom ettiradi. To’siq balandligi 160 smni tashkil etadigan bo’lajak bahslarda hamyurtimizga “Lancelotta” laqabli tulpor hamrohlik qiladi. Mazkur final bosqichi 8-aprel sanasiga belgilangan.

Text to speech