7 Aprel 2023 870

Dzyudo bo'yicha JCH startiga 1 oy qoldi

Dzyudo boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boshlanishiga roppa-rosa 1 oy qoldi. Xalqaro dzyudo federatsiyasi media boʻlimi bu haqida eʼtiborli videorolik tayyorladi. Unda 2022-yil Toshkentda oʻtgan dunyo birinchiligining qahramonlari yurtimizda oʻtgan musobaqa taassurotlari bilan oʻrtoqlashishadi. Videorolik davomida oʻzbek dzyudosida yangi sahifa ochgan Davlat Bobonov hamda Muzaffarbek Toʻraboyevlarning fikrlarini ham tinglash mumkin.

Text to speech