7 Aprel 2023 1194

O'q otuvchilarimiz Peruga yo'l olishdi

Oʻq otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun Peru poytaxti Lima shahriga yoʻl oldi. Hamyurtlarimiz 9-11-aprel kunlari Janubiy Amerika ochiq chempionatida, 11-22-aprel kunlari esa Jahon kubogi bosqichida ishtirok etishadi. Qayd etish joiz, Jahon kubogi bosqichi Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun reyting ochkolarini taqdim qiladi. Terma jamoamiz okean ortiga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:

Pnevmatik miltiq (10 m): Vadim Skorovarov, Javohir Sohibov, Madinabonu Pardaboyeva, Gulbonu Qambarbekova.

Pnevmatik toʻpponcha (10 m): Muhammad Kamalov, Vladimir Svechnikov, Umidbek Kamolbekov, Sitora Ergashboyeva, Iroda Azimboyeva.

Text to speech