7 Aprel 2023 1091

Bugun shpagachilarga navbat keldi

Bolgariyada oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida shpagachilar bahsiga ham navbat yetib keldi. Bugun yoshlar toifasida yakkalik bellashuvlari oʻtkaziladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari quyidagi tarkibda medallar uchun jang qilishadi:

Yigitlar: Meyirxan Timurov, Azamat Kudayberganov, Kamronbek Ismoilov, Sarvar Islomov.

Qizlar: Dilnaz Murtazayeva, Sevara Rahimova, Shahnoza Egamberdiyeva, Aziza Hamidova.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytgacha Oʻzbekiston terma jamoasi hisobida 1 ta bronza medali mavjud.

Text to speech