3 May 2021 2358

Olimpiada mavsumining so‘nggi “Katta dubulg‘a” turnirida qatnashuvchi tarkibimiz ma’lum

5-7 may kunlari Rossiyaning Qozon shahrida dzyudo bo‘yicha Olimpiada mavsumining so‘nggi “Katta dubulg‘a” turniri bo‘lib o‘tadi. Unda terma jamoamiz vakillari ham muhrim reyting ochkolari uchun kurash olib borishadi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, musobaqada jamoamiz 15 nafar sportchi bilan ishtirok etadi. Tarkibga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda bir qator yosh vakillarimizning nomini uchratish mumkin. Murabbiylar shtabi Olimpiada reytingida mustahkam o‘rinda turgan yetakchilarni ushbu ro‘yxatga kiritmadi. Musobaqada ishtirok etadigan dzyudochilarimiz ro‘yxati esa quyidagicha:
Erkaklar:

-60 kg: Sharofiddin Lutfullayev va Dilshod Baratov
-66 kg: Dilshod Yo‘ldoshev va Artyom Shturbabin
-73 kg: Jaloliddin Boynazarov
-81 kg: Suhrob Tursunov va G‘iyosjon Boboyev
-90 kg: Doston Meyliyev va Shermuhammad Jandreyev
-100 kg: Muhammadkarim Xurramov
+100 kg: Alisher Yusupov

Ayollar:
-52 kg: Sita Kadambayeva
-70 kg: Gulnoza Matniyazova
-78 kg: Irisxon Qurbonboyeva
+78 kg: Rinata Ilmatova

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqadan so‘ng Tokio Olimpiadasi siklida faqatgina iyun oyida bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati qoladi xolos. “Katta dubulg‘a” turniri g‘oliblari esa o‘z hisoblariga jahon va Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni yozib qo‘yishadi.

Text to speech