6 Aprel 2023 813

Bugun rapirachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda ishtirok etishadi

Bolgariyada oʻtayotgan qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida rapira ustalari oʻzaro kuch sinashishmoqda. Bugun yoshlar toifasida jamoaviy dasturda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olinadi. Ushbu yoʻnalishda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi yettinchi raqam ostida saralangan boʻlib, birinchi davrani oʻtkazib yuboradi. 1/16 final bosqichida yurtdoshlarimizga Avstraliya jamoasi raqib boʻladi.

Qilichbozlik boʻyicha JCh
Rapira boʻyicha jamoaviy dastur, yigitlar:
1/16 final:  Oʻzbekiston – Avstraliya 

Tarkib: Muhammad Yusuf Asranov, Ilyosbek Maripjonov, Ilyas Molina, Radmir Semeneyev.

Text to speech