Dzyudochilarimiz Yaponiya yigʻiniga yoʻl olishdi
Ilias Iliadis boshchiligidagi dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etish uchun Yaponiyaga uchib ketdi. 19-aprel kuniga qadar davom etadigan mazkur yigʻin 7-14-may kunlari Qatar poytaxtida oʻtkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi hisoblanadi.
Mashgʻulotlar davomida sportchilarimiz mezbon va boshqa davlat vakillari bilan texnik hamda taktik usullar ustida ishlashadi. Jamoa Yaponiya safariga quyidagi tarkibda yoʻl oldi:
Dilshodbek Baratov
Kamoliddin Baxtiyorov
Sardor Nurillayev
Muhriddin Tilovov
Obidxon Noʻmonov
Murodjon Yoʻldoshev
Muso Sobirov
Davlat Bobonov
Jahongir Mamatsharipov
Muzaffarbek Toʻraboyev
Alisher Yusupov
Shohruh Baxtiyorov
Rejaga koʻra, yigʻinda Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi ham ishtirok etishi koʻzda tutilgan. Qizlarimiz 7-aprel sanasida kunchiqar yurtga uchib ketishadi.