3 May 2021 2471

O‘zbekiston chempionatida rapira ustalari bahslashmoqda

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati davom etmoqda. Hozirda rapira yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

Taqvimga ko‘ra, dastlab yakkalik bellashuvlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Unda erkaklar o‘rtasida andijonlik Muhammadyusuf Asranov g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ayollar bahsida toshkentlik Madinabonu Parpiyeva o‘z g‘alabasini tantana qildi.

Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Erkaklar, rapira:

1. Muhammadyusuf Asranov (Andijon)
2. Ilyas Molina (MHSK)
3. Doniyor Sa’dullayev (Toshkent)
3. Ahmadilloxon Solihojiyev (Andijon)

Ayollar, rapira:
1. Madinabonu Parpiyeva (Toshkent)
2. Gulmira Ziyayeva (Farg‘ona)
3. Umida Ilyosova (Samarqand)
3. Kamila Mirzayeva (Toshkent)

Bugun ushbu yo‘nalishda eng kuchli jamoalar aniqlab olinadi.

Text to speech