4 Aprel 2023 1372

Turkiya 2036-yilgi Olimpiya oʻyinlari mezbonligi uchun jiddiy kirishdi

Turkiyaning Istanbul shahri 2036-yil boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun kurashga qoʻshildi. Bu haqida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi prezidenti Tomas Bax bilan uchrashuvda maʼlum qildi.

2036-yilgi Olimpiada mezbonligiga 10 mamlakat daʼvogarlik qilmoqda. Ular orasida Janubiy Koreya, Qatar, Germaniya, Meksika, Vengriya, Misr, Hindiston va Indoneziya kabi davlatlarni ham uchratish mumkin. Istanbul 2020-yilgi Olimpiya oʻyinlarini qabul qilish uchun Tokio bilan jiddiy kurashgan. Raqobat soʻngida esa kunchiqar yurt poytaxti mezbonlikni qoʻlga kiritgan edi.

Eslatib oʻtamiz, yozgi Olimpiya oʻyinlari 2024-yil Parij (Fransiya), 2028-yil Los-Anjeles (AQSh), 2032-yil esa Brisben (Avstraliya) shaharlarida boʻlib oʻtadi.

Text to speech