3 Aprel 2023 1157

Toshkent regbi-7 boʻyicha mamlakat chempionatining ilk turiga mezbonlik qildi

Regbi-7 boʻyicha erkaklar va ayollar oʻrtasida mamlakat birinchiligiga start berildi. 1-2-aprel kunlari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida chempionatning dastlabki tur uchrashuvlari oʻtkazildi.

Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 15 ta erkaklar va 8 ta ayollar jamoalari gʻoliblik uchun bahs olib bordi. Murosasiz bellashuvlar yakunida ilk turni OʻzMU-1 (erkaklar) va Qoraqalpogʻiston (ayollar) jamoalari peshqadam sifatida yakunlashdi.

Reglamentga koʻra, chempion jamoalar yil davomida tashkil etiladigan 4 tur yakuni boʻyicha aniqlanadi. Keyingi tur may oyida Yangiyoʻl tumanida tashkil etiladi.

Text to speech