3 Aprel 2023 1345

Taxmina Ikromova Jahon kubogida yana ikkita medalga sazovor boʻldi

Bolgariyaning Sofiya shahrida badiiy gimnastika boʻyicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi oʻz yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Taxmina Ikromova 1 tadan oltin va bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz oltin medalga tasmadagi mashqda sazovor boʻldi. Uning toʻpdagi dasturi esa bronza medalini keltirdi.

Tasma:
1. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 30.900
2. Eljana Taniyeva (Qozogʻiston) – 30.900
3. Barbara Domingos (Braziliya) – 30.650

Toʻp:
1. Stiliyana Nikolova (Bolgariya) – 35.000
2. Sofiya Rafaeli (Italiya) – 33.150
3. Taxmina Ikromova (Oʻzbekiston) – 31.750

Eslatib oʻtamiz, hamyurtimiz ushbu bosqich doirasida koʻpkurash yoʻnalishida ham bronza medali bilan taqdirlangan edi.

Text to speech