3 May 2021 2945

Svetlana Osipovani tabriklaymiz!

Bugun taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Svetlana Osipova tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Svetlana Osipova 2000 yil 3 may kuni Toshkent viloyati Chirchiq shahrida tavallud topgan. Osipova yosh bo‘lsa ham taekvondoda eng yuqori vazn toifasida (+73 kg) qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda. Jumladan, 2017 yil Jang sanʼati va yopiq inshootdagi Osiyo o‘yinlari, Islom birdamlik o‘yinlari sovrindori bo‘ldi. 2018 yil esa Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibasiga aylandi. Osipova 2019 yil Yaponiyaning Chiba shahrida o‘tkazilgan Gran-prining ham shohsupasiga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan. Hozirda Tokio-2020 litsenzion musobaqasiga hozirlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Svetlana Osipovani tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga yana-da ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech