2 Aprel 2023 985

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Antalya “Katta dubulg‘a” turnirini bitta bronza medali bilan yakunladi

Turkiyaning Antalya shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” musobaqasi o‘z poyoniga yetib bormoqda. O‘zbekiston terma jamoasi mazkur turnirdagi ishtirokini yakunladi. 

Afsuski, og‘ir vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtlarimiz medallar uchun kurashni erta tark etishdi. Shu tariqa, -52 kg vazn toifasida Sita Qadamboyeva qo‘lga kiritgan bronza medali terma jamoamiz uchun yagona bo‘lib qoldi.

Qayd etish joiz, terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur musobaqaga zaxira tarkib vakillarini jalb qilgan edi. Musobaqadan so‘ng ishtirokchi davlatlar xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashishadi. O‘zbekiston terma jamoasi ham mazkur yig‘inda ishtirok etib, jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettiradi.

Text to speech