Ishchi guruh bu safar Zangiota, Yangiyo‘l va Chinoz tumanlariga tashrif buyurdi
Toshkent viloyatida sport va yoshlar ishlari sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish yuzasidan tuzilgan Respublika ishchi guruhi yana bir qator hududlarni ko‘zdan kechirdi. Mutasaddilar bu gal Zangiota, Yangiyo‘l, Chinoz tumanlarida bo‘lib, u yerlardagi sharoitlarni o‘rganishdi.
MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligining bo‘lim boshlig‘i Akrom Nizametdinov boshchiligidagi ishchi guruh har bir hududda bo‘lgani kabi dastlab tumanlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bilan kun tartibidagi mavzular yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda mavjud masalalar muhokama qilinib, mas’ullarning vazifalari belgilab olindi.
Shundan so‘ng ushbu tumanlarda faoliyat olib borayotgan ba’zi sport ob’yektlari ko‘zdan kechirildi. O‘rganish davomida har bir maktabning tibbiyot punkti, to‘garaklar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi. Boshqa tumanlarda bo‘lgani kabi mazkur hududlarda ham sport maktablarining moddiy-texnik bazasini yanada kuchaytirish, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berildi.