1 Aprel 2023 1128

Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha mamlakat birinchiligi yakuniga yetdi

Ma’lum qilganimizdek, uning so‘nggi kunida erkaklar o‘rtasida -109 kg va +109 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi. Kutilganidek, -109 kg toifasida kechgan bahslarda yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati sovrindori Sharofiddin Amriddinov g‘alaba qozondi. Eng og‘ir vaznda esa Muhammad Yusupov oltin medal sohibiga aylandi. Natijalar:

-109 kg:
1. Sharofiddin Amriddinov (Samarqand) – 375 (170+205) kg
2. Nurbol Abdurashidov (Toshkent vil) – 329 (154+175) kg
3. Ruslan Irisboyev (O‘zDJTSU) – 318 (143+175) kg

+109 kg:
1. Muhammad Yusupov (Xorazm) – 374 (177+197) kg
2. Mirhosil Mirzaboyev (Toshkent vil) – 350 (160+190) kg
3. Shohruh Abdullayev (Toshkent sh) – 252 (111+141) kg

Text to speech