31 Mart 2023 984

Antalyadan yana bir xushxabar

Ayni paytda kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Turkiyaning ushbu shahrida o‘tkazilgan “Kahraman Bagatir” turnirida ishtirok etdi. Musobaqaning so‘nggi kun bahslarida yigitlarimiz jamoaviy yo‘nalishda bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

Yarim finalda Ispaniyaga 5:6 hisobida imkoniyatni boy bergan Amirxon Sodiqov, Ozodbek Ungalov va Chen Yao Yuy triosi bronza medali uchun bahsda Saudiya Arabistoni vakillariga hech qanday imkoniyat qoldirmay 6:0 hisobida ustun kelishdi. Terma jamoamiz endi 18-23 aprel kuni ushbu shaharda o‘tadigan Jahon kubogining birinchi bosqichigacha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.

Text to speech