Usi shahrida (Xitoy) taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining saralash bahslari yakuniga yetdi
Ikkinchi kun bellashuvlarida oʻtgan kvalifikatsiyada quyidagi 4 nafar hamyurtimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
-58 kg: Amir Toʻrayev
-58 kg: Nazarali Nazarov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-80 kg: Jasur Jaysunov
Shu tariqa, 2-3-aprel kunlari oʻtadigan final bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasining jami 8 nafar aʼzosi gʻoliblik uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi. Eslatib oʻtamiz, kechagi bahslarda Madina Mannopova (-49 kg) hamda Nikita Rafalovich (+80 kg) ham saralashdan muvaffaqiyatli oʻtishgan edi. Shuningdek, Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) tashkiliy qoʻmitaning maxsus taklifnomasi asosida toʻgʻridan toʻgʻri finalga yoʻl olishgan. Qayd etish joiz, Osipova garchi final yoʻllanmasi naqd qilgan boʻlsa ham, jang amaliyotiga ega boʻlish maqsadida murabbiylar shtabining qarori bilan saralash bahslarida qatnashib, bugun oʻz vazn toifasida gʻalaba qozondi.