31 Mart 2023 942

Sita Qadamboyeva Antalya “Katta dubulgʻa” turniri sovrindori!

Turkiyaning Antalya shahrida start olgan dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasining birinchi kuni yakuniga yetib bormoqda. Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu kunni 1 ta bronza medali bilan yakunladi.

-52 kg vazn toifasida bahs olib borgan Sita Qadamboyeva bronza medali uchun bahsda ispaniyalik Estrella Sherifdan ustun kelib, faoliyatida ikkinchi bor “Katta dubulgʻa” musobaqasining bronza medalini qoʻlga kiritdi. Afsuski, -60 kg vazn toifasida ushbu bosqichda kurashgan Dilshodbek Baratov imkoniyatni boy berib qoʻydi.

Text to speech